Jahon
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Jalolobod shahri nomini Manas shahri deb qayta nomlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun Yuqori Kengash tomonidan 2025-yil 10-sentabrda qabul qilingandi.
Qonunning maqsadi milliy mafkurani mustahkamlash, Jalolobod shahriga xalq qahramoni, qirg‘iz xalqini turli bosqinlardan himoya qilgan, epik qahramon Manas nomini berishdan iborat, deyiladi xabarda.
Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Shahar meriyasi saytida aytilishicha, Jalolobodning rasmiy tashkil etilgan sanasi 1877-yil oktabr oyi hisoblanadi. Qishloq aholisi 1909-yilga kelib 1100 kishini tashkil etgan, ular asosan o‘zbeklar bo‘lgan. 1916-yilga kelib shaharda 6 ming kishi yashagan.
Shahar maydoni 64,6 kvadrat km bo‘lib, unda 184 mingdan ortiq odam yashaydi, ularning 30 foizga yaqini o‘zbeklardir. Shahar aholi soni va kattaligi bo‘yicha Qirg‘izistonda uchinchi o‘rinda turadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q