Jamiyat
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi ochilish marosimida mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasi ham davlat siyosati darajasiga olib chiqilgani aytib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning o‘zida 1 million 700 ming ayol ishli bo‘ldi.
Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sun’iy intellektga o‘qitiladi.
“Xotin-qizlar jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambag‘allikka tushib qolmasligini kafolatlaydi”, dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda o‘tadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q