Sobiq hamkasblari kabi daromad topmayotgan Jo Bayden “kamtarona hayot“ kechirayotgani maʼlum boʻldi

Saqlash
10:27 / 17.09.2025 68 0

AQSHning 46-prezidenti Djo Bayden uning sobiq hamkasblariga nisbatan kam daromad topyapti. The Wall Street Journal (WSJ) nashri yozishicha, Bayden yoshi ulgʻaygani, mashhur emasligi va sogʻligʻi yomonligi tufayli tadbirlarda ishtirok etish yoki nutq soʻzlash uchun kamdan-kam taklif qilinadi.

 

Nashrga koʻra, nutq soʻzlashi uchun Baydenga unga hamrohlik qiluvchilarning transport va yashash xarajatlarini ham hisobga olganda oʻrtacha 300 ming AQSH dollari atrofida pul taklif qilinmoqda. Bu boshqa sobiq prezidentlar shu vazifa uchun oladigan maoshidan ancha kam sanaladi. Bayden shuningdek, federal hukumatdan yiliga 416 ming AQSH dollari miqdorida nafaqa oladi. Bundan tashqari u Hachetteʼs Little, Brown & Co nashriyotiga oʻzi ustida ishlayotgan memuarlarini nashr qilish huquqini sotgan. Bu unga 10 million dollar olib kelgan. Barak va Mishel Obamaga esa ularning memuarlari uchun 60 million dollar taklif qilingan edi.

 

Qayd etilishicha, yuqorida sanalgan barcha daromadlar Baydenlar oilasiga (eks-prezidentning 800 ming dollar qarzlari hisobiga) faqat “kamtarona yashash“ imkonini beradi. Bundan tashqari, Baydenda aniqlangan saraton kasalligini davolash uchun ham sezilarli miqdorda mablagʻ sarflanadi. Bayden shuningdek, farzandlari, ayniqsa, hozircha hatto sobiq turmush oʻrtogʻiga aliment ham toʻlay olmaydigan oʻgʻli Xanter Baydenni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni istaydi. Shuning uchun Bayden pullarini tejamkorlik bilan ishlatadi, masalan, xususiy samoletlarda uchish oʻrniga birinchi klassda uchadi yoki poyezdlardan foydalanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//