
Madaniyat
11-13-sentyabr kunlari Nukusdan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Barsakelmasda noyob “Yonar” tadbiri tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tadbir Turizm qoʻmitasi va “Stixiya” elektron musiqa, sanʼat va ilm-fan festivali hamkorlikda oʻtkazilib, u shunchaki ijodiy va badiiy installyatsiyalar koʻrgazmasi emas, balki mintaqaning madaniy boyligini namoyish etuvchi va xalqaro hamjamiyat eʼtiborini jalb qiluvchi innovatsion turistik loyiha ekani taʼkidlanadi.
Ilk marotaba tajriba tariqasida oʻtkazilgan festival doirasida 35 nafar xorijiy va mahalliy ishtirokchi 6 xil installyatsiya: “Sfera”, “Monolit”, “Teleport”, “Amorfoz haykali”, “Kelajak gologramma”, “Art Car Scorpion” yaratdi. Ishtirokchilar 5 ta anʼanaviy oʻtovlar yasagan. Elektr taʼminoti esa generatorlar yordamida amalga oshirilgan.
Festivalda savdo-sotiq mutlaqo boʻlmagan: yashash va ijod qilish uchun barcha zarur sharoitlar jamiyatning oʻzi tomonidan yaratilib, baham koʻrilgan.
Festival yakunida “Sfera” va “Teleport” installyatsiyalari yoqib yuborildi, bu esa dunyo miqyosidagi “Burning Man” anʼanalariga mos ravishda oʻziga xos yakun boʻlgan. Tadbir yakunida ishtirokchilar ekologik tamoyillarga amal qilgan holda oromgoh hududini tozalagan.
Qayd etilishicha, festival turizmni rivojlantirishdagi navbatdagi qadam boʻlib, butun dunyo sayyohlari va ijodkorlarining eʼtiborini jalb etdi.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q