Madaniyat
15-sentyabr kuni taniqli operator, rejissyor va suratkash Botir Bozorboyev 69 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning Facebook sahifaidagi do‘stlari hamdardlik bildirib, ma'lum qilgan.
Ijodkor faoliyati davomida bir nechta ilmiy-ommabop va hujjatli filmlarga operator va rejissyorlik qilgan. “Dengiz suv so‘raydi” (rej. N.Azimov, 1975), “Orol qizlari” (rej. B.Muzaffarov, 1988), “Dengizga yetmoq” (rej. B.Muzaffarov, 1988), “Ajdar yili” (rej. B.Muzaffarov, 1989), “So‘nggi satr” (rej. N.Abbosov, 2007) va boshqa filmlarda operator vazifasini bajargan.
Rejissyor sifatida “Navro‘z” (1988), “Tinchlik…” (1989) filmlarini suratga olgan. Bundan tashqari, rejissyor M.To‘ychiyev bilan hamkorlikda “Qadimiy bitiklar,” “Qadimiy tangalar,” “Dunyoni maftun etgan zamin (Maqtov),” “Jayxun sirlari,” “Bebaho meros,” “Registon-Samarqand durdonasi” va boshqa hujjatli filmlarni ham suratga olgan. Uning ko‘plab mualliflik filmlari O‘zbek hujjatli kinosinin Oltin fondiga kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110578
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q