Jahon
10 sentyabr kuni Buxoro viloyati Peshku tumanidagi tadbirkor mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida Xavfsizlik xizmatiga ariza bilan murojaat qilgan.
.jpg)
Unga koʻra, hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yoʻli bilan 6000 AQSH dollari miqdoridagi “pora”ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q