
Jahon
Rossiyaning Vladivostok shahrida bir necha yoshlar oʻzbekistonlik migrantlarni kaltaklagan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb Rossiya Tergov qoʻmitasining Primorsk oʻlkasi boʻyicha boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiyalik oʻsmirlar oʻzbek migrantlarini doʻpposlab, mazax va haqorat qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Oʻzbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov fuqarolar bilan darhol aloqa oʻrnatib, huquqiy yordam koʻrsatilganini maʼlum qilgan. Unga koʻra, Vladivostok Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza va Primorsk oʻlkasi prokuraturasiga ushbu masala boʻyicha barcha tegishli choralarni koʻrish zarurligi haqida nota yuborilgan.
Rossiya Tergov qoʻmitasining Primorsk oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi axborotida bezorilik 10-sentyabriga oʻtar kechasi Vladivostok shahrining Xabarovsk koʻchasida sodir etilgani qayd etiladi. Holat yuzasidan 15 yoshli oʻsmirlar hamda jinoyatning boshqa ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Bezorilik tafsilotlari
Oʻsmirlar spirtli ichimlik taʼsirida hech bir sababsiz toʻxtab turgan avtomobilga shikast yetkazib, uning saloniga aerozol ballonchasini purkagan va doʻkonga mahsulot olib kelgan yuk mashinasi haydovchisiga hujum qilgan. Doʻkonga bostirib kirib, xaridorlar va sotuvchining koʻz oʻngida bir erkakni kaltaklagan. Soʻngra ular taksi haydovchisi va salondagi yoʻlovchiga ham tashlangan. Gumonlanuvchilar shaxsi aniqlanib, ulardan biri qoʻlga olingan. Ikki nafari qidiruvga berilgan. Oʻsmirlar avval ham bezorilik qilgani uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q