OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Saqlash
16:29 / 15.09.2025 110 0

Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o‘qishga qabul qilinadi:

 

▪️ Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti, jumladan, ta’lim granti asosida;

 

▪️ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.

 

Kirish imtihonlari 2 bo‘limdan iborat bo‘ladi:

 

▪️ 1-bo‘lim – barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan test sinovlari;

 

▪️ 2-bo‘lim – abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta’lim yo‘nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.

 

Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

 

▪️ 1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi;

 

▪️ 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.

 

Abituriyentning test sinovida to‘plagan ballari haqida ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.

 

Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//