O‘zbekistonda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etiladi

Saqlash
14:39 / 15.09.2025 31 0

Prezidentning Bo‘stonliq tumaniga qilgan tashrifi doirasida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilishi ham rejalashtirilgan edi.

 

Mazkur yig‘ilishda davlat rahbari ta’lim tizimida kutilayotgan bir qator yangiliklarni ma’lum qildi.

 

Jumladan, endi davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotli qilinadi. Bu oliy ma’lumotli bilan o‘rta ma’lumotli tarbiyachining oyligida bo‘layotgan tafovutga barham beradi.

 

Shuningdek, xususiy bog‘chalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.

 

Eng muhimi, yangi metodikalarni o‘rganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bog‘cha tarbiyachilariga ham doimo ochiq bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//