
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bugun – 15 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur oromgohda yoshlar yil davomida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarda o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafari “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Oromgoh 500 ga yaqin o‘quvchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, ma’muriyat, o‘quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona hamda avtoturargohlar tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik sanaladi.
Xabarga ko‘ra, “Renessans” faqatgina dam olish va ko‘ngilochar maskan emas, u o‘quvchilarning ta’lim, ma’naviyat va innovatsiya maydoniga aylanadi.
Jumladan, STEAM xonalari, samolyot boshqaruvi simulyatori, tabiiy fanlar laboratoriyalari bolalarning qiziqishlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantiradi. Ular kutubxonada bilimini, sport maydonchalarida salomatligini mustahkamlaydi. San’at burchagida san’at, adabiyot yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar qo‘llab-quvvatlanadi. Xushmanzara tabiat, do‘stona muhit yoshlarning kayfiyati, intilishini oshiradi.
Prezident oromgoh xonalaridagi sharoitlarni, yoshlarning ixtirolarini ko‘zdan kechirdi hamda Yangi O‘zbekiston universiteti rahbariyati va bitiruvchilari bilan muloqot qildi.
“O‘zbekiston yoshlarining salohiyati, g‘ayrat-shijoati, intilishi kuchli. Biz davlat bo‘lib, millat bo‘lib, sifatli ta’limni ta’minlasak, farzandlarimizga hech kim bas kelolmaydi, ular hamma sohada yetakchi bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, shu yerda Al-Xorazmiy universiteti kampusi loyihasi taqdimot qilindi.
Ta’kidlanishicha, bu tashabbus zamirida ham yoshlarning bilimli bo‘lishi, iqtidori rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsad qilingan.
Loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q