Smartfondan eng kam foydalanadigan davlatlar ro‘yxati tuzildi

Saqlash
12:35 / 15.09.2025 74 0

Exploding Topics sayti tomonidan tuzilgan reytingda eng yaxshi o‘rinni Yaponiya egallagan.

 

Yaponlar 1 kunda o‘rtacha 1 soat 47 daqiqa o‘z smartfonidan foydalanadi.

 

Keyingi o‘rindan daniyaliklar joy olgan – 2 soat 27 daqiqa. Belgiya 3-o‘rinni band qilgan – 2 soat 32 daqiqa.

 

Dunyo bo‘yicha smartfondan eng ko‘p foydalanadigan davlat (tahlil bo‘yicha) Gana bo‘lib, bu mamlakat fuqarolari o‘rtacha 5 soat-u 43 daqiqasini o‘z qo‘l telefoniga sarflaydi. Smartfonini “sevuvchi” davlatlar qatorida 2- va 3-o‘rinlarga Filippin (5 soat 21 daqiqa) hamda Braziliya (5 soat 12 daqiqa) loyiq ko‘rilgan.

 

O‘zbekiston bu ro‘yxatda yo‘q.

 

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bir odam kuniga o‘rtacha 4 soat 37 daqiqa vaqtini smartfoniga sarflaydi. Telefon tekshirishlari kuniga o‘rtacha 58 marta sodir bo‘ladi. Tekshirishlarning yarmi ish vaqtida amalga oshiriladi.

 

Qurilmani qo‘lga olish odatda quyidagicha:

▪️ har 2 daqiqada – 69 foiz;

▪️ har 2–10 daqiqada – 26 foiz;

▪️ har 10 daqiqadan ortiq vaqt davomida – 5 foiz.

 

Avlodlar kesimi bo‘yicha:

▪️ 1997-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tug‘ilganlarning 76 foizi;

▪️1980-yildan 1996-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tug‘ilganlarning 67-68 foiz;

▪️ 1946-yildan 1964-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tug‘ilganlarning 51 foizi bo‘sh vaqtini telefoniga bag‘ishlaydi.

 

Smartfonlarga qaramlik esa Z avlodda ( 1997-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tug‘ilganlar) yuqori – 56 foiz. Ular 1 kunda 6 soatdan ortiq vaqtini telefoniga sarflaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//