
Jamiyat
O‘zgidromet 19-sentyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unda aytilishicha, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.
Bugun kunning birinchi yarmida Navoiy viloyati shimolida, kechga tomon, ertaga kechasi va ertalab Toshkent viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 16-sentyabr kechqurundan 19-sentyabr ertalabgacha tanaffus bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda butun ish haftasi davomida tanaffus bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 16-sentyabr kuni ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta o‘rtasiga kelib +20– +25 darajani tashkil etadi.
19-sentyabrdan salqin havo massalari respublika hududidan chekina boshlaydi va harorat +2- +3 daraja ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida, asosan, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-sentyabrda kechqurun, 16-sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol shimoliy-sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzi havo harorati — bugun +27– +29 darajada bo‘ladi, 16–18-sentyabr kunlari +20– +25 darajagacha pasayadi, 19-sentyabrda esa +25– +27 darajada bo‘ladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q