Toshkentda Oʻzbekiston-Ummon siyosiy maslahatlashuvlari oʻtkazildi

Saqlash
16:02 / 13.09.2025 24 0

 

Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Ummon tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

 

TIV maʼlumotiga koʻra, delegatsiyalarga Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev hamda Ummon tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Shayx Xalifa bin Ali al-Xarisiy rahbarlik qildi.

 

Muzokaralarda Oʻzbekiston–Ummon munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Asosiy eʼtibor iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga qaratildi. Ikki tomon tashqi savdo hajmini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, shuningdek, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ishlab chiqishga kelishib oldi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

 

Maslahatlashuvlar yakunida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Ummon Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma harakatlar rejasi imzolandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//