
Siyosat
Farg‘onada 130 yoshli Huvaydo momo Umarovaning tug‘ilganlik fakti belgilandi. Bu haqda Adliya yangiliklari kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasida Buvayda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Huvaydo momoning tug‘ilishi qayd etilmagani aniqlangan. Adliya bo‘limi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.
O‘tkazilgan sayyor sud majlisida da’vo ariza qanoatlantirilgan hamda sud qarori bilan Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda tug‘ilganlik fakti belgilangan. Endilikda Huvaydo momo Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilishi mumkin.
Momoning ta’kidlashicha, ularning avlodida bir asrdan ziyod yashaganlar ko‘p bo‘lgan: masalan, momoning otasi Toshmat ota 101 yoshga, tog‘asi Mullaqodir ota 130 yil yashagan bo‘lsa, ammasi Saydiniso ona 125 yil umr ko‘rgan.
Ma’lumot uchun: Huvaydo momo Umarova 2016-yilda prezident farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q