
Jamiyat
O‘zbekistonda 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida noyabr oyida ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Aytilishicha, 1 million so‘m miqdoridagi pulni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar olishi mumkin.
Qo‘shimcha ro‘yxatga qabul qilishda quyidagi toifaga kiruvchi oilalar inobatga olinadi:
– boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
– I yoki II guruh nogironligi bor shaxslar mavjud oilalar;
– nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
– gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
– bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birgalikda yashovchi oilalar;
– uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar yashaydigan oilalar;
– o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Ushbu toifalarga mos kelgan ehtiyojmand oila vakillari 25-sentabrga qadar “mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi lozim.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim. Hokimliklar tegishli hudud bo‘yicha ehtiyojmand oilalar soniga mahallalar kesimida o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Xalq banki” bilan birgalikda bir martalik moddiy yordam to‘lanishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, shu hujjat bilan kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi. U elektr bo‘yicha bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha, gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun ajratiladi. Tartib 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar amal qiladi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q