Siyosat
Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida oʻtkazilgan amaliy oʻquv mashgʻuloti paytida kichik portlash sodir boʻldi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Holat 10-sentabr kuni Nukus dala oʻquv maydonida sodir boʻlgan. Portlash mashgʻulot uchun moʻljallangan maxsus portlovchi vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi tufayli kelib chiqqan.
Oqibatda ishtirokchilardan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohati olgan. Ularga vaqtida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda koʻrilgan zarur choralar sababli harbiy xizmatchilarning sogʻligi tiklanmoqda, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan va mutasaddi rahbarlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q