Siyosat
Nyu York shahrida Oʻzbekiston va Sent-Lyusiya mamlakati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan oʻzaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam boʻldi, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 163-davlat boʻldi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111045
Jamiyat
94512
Jamiyat
90455
Jamiyat
74517
Jamiyat
//
Izoh yo‘q