
Jamiyat
Toshkent farmatsevtika institutini Toshkent viloyatiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.
Bu taklif poytaxt hokimligi va Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan bildirilgan bo‘lib, tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori loyihasiga kiritilgan. Qaror loyihasi Strategik islohotlar agentligi saytiga joylashtirgan. Unda bildirilgan taklifga rozilik berilgan.
Unga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika institutini Toshkent viloyatida joylashgan Tashkent Pharma Park hududiga ko‘chirgan holda, bo‘shagan yer maydonida ming o‘rinli avtoturargoh qurib, davlat tasarrufiga o‘tkazish majburiyati bilan zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona qurish ko‘zda tutilgan.
Toshkent farmatsevtika instituti 1937-yil 16-iyulda tashkil qilingan. Asosiy o‘quv binosi Mirobod tumani, “Oybek” metro bekati yaqinida joylashgan. Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri esa Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida bo‘lib, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q