
Jamiyat
O‘zbekistonda harbiy yoki idoralar formasiga o‘xshash kiyim-bosh joriy etib, foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanyapti. Yangi norma Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan qonun loyihasiga kiritilgan.
Bosh prokuratura ayrim toifadagi davlat xizmatchilari formasini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan normalar ishlab chiqdi. Yangi normalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2091-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish orqali joriy etilishi kutilmoqda.
Moddaga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, vazirlik, idora va tashkilot harbiy xizmatchilari yoki xodimlari formasini, farqlovchi belgilari va ramzlari bor kiyim-boshini kiyish huquqi yo‘q shaxslar kiyishi jarimaga sabab bo‘ladi. Ya’ni bunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlardan formali kiyim-bosh musodara qilinib, BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasidagi mazkur moddaga qo‘shimcha norma kiritilmoqda.
Normada belgilanishicha, mato rangi, tikilish uslubi, farqlovchi belgilari va boshqa predmetlari harbiy yoki idoraviy formali kiyim-bosh predmetlarini takrorlovchi, unga o‘xshash kiyim-boshni joriy etish yoki ulardan foydalanish ham jarimaga sabab bo‘ladi. Bunday xatti-harakat uchun kiyim-bosh musodara etilib, BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q