
Siyosat
Rajabov Sardor Baxtiyorovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari edi.
Sardor Rajabov mehnat faoliyati davomida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i, markaz direktori o‘rinbosari, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti” rahbari lavozimlarida ishlagan.
Yo‘ldashev Baxtiyor G‘ayratjonovich Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori edi.
Baxtiyor Yo‘ldoshev Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yengil sanoatni rivojlantirish boshqarmasi Eksport sho‘basi mudiri, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
U mehnat faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q