
Jamiyat
Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi ayol 7 yoshli qizining qotiliga aylandi. Bu haqda Millar dasturida xabar qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 3 yil avval hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgan ayol, joriy yilning 8-sentyabr kuni shu qizini pichoqlab o‘ldirgan.
Fuqaro 2022-yil aprel oyida uch yoshli qizini Toshkent hayvonot bog‘idagi ayiq qafasiga tashlab yuborgani sababli sud tomonidan qasddan odam o‘ldirishga urinishda aybdor deb topilib, majburiy davolanishga yuborilgandi.
Ushbu 1991-yilda tug‘ilgan shaxs voqea sodir bo‘lgan kuni o‘zini noodatiy tutib, oshxonada turgan o‘tkir tig‘li jism bilan 2018-yilda tug‘ilgan qiziga jarohatlar yetkazgan. 7 yoshli qizaloq olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Ayol 2-avgust kuniga qadar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida davolanayotgan bo‘lgan va shu kundan boshlab 2-sonli shahar ruhiy asab kasalliklari dispanserida hisobga qo‘yilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q