
Jamiyat
8-sentyabr kuni “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–157-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi. Unda davlat xizmatlarini koʻrsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartirilishi koʻzda tutilgan. Bu haqda Huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.
Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- 2028-yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
- proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:
- nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy koʻrik natijalarini taqdim qilish talabi;
- nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
- avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q