
Siyosat
Joriy yilda bogʻcha oʻrinlarini qoʻshimcha 182 mingtaga koʻpaytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bogʻchalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda Prezident raisligida taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida taʼkidlandi.
Yigʻilishda tumanlar hokimlari qolgan oʻrinlar nima hisobidan yaratilishini oʻylamayotgani tanqid qilindi. Misol sifatida 118 ta bogʻchadagi 255 ta xona taʼmirga muhtoj boʻlgani uchun boʻsh turgani aytildi. Yoki joylarda 8 ta bogʻchani qurish va taʼmirlash 2-3-yildan beri choʻzilayotgani qayd etildi.
Unga koʻra, Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bogʻcha hali taʼmirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Boʻstonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bogʻcha qurilishi yakunlanmagan.
Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bogʻchadagi xonalarni taʼmirlab jihozlashga, yana 8 ta bogʻchani toʻliq ishga tushirishga 1-noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q