Boʻston tumani hokimining ikki oʻrinbosari pora olishda gumonlanib qamaldi

Saqlash
09:15 / 09.09.2025 50 0

Andijon viloyati, Boʻston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, bu ikki amaldor xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xoʻjalikning 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib berish evaziga 65 mln soʻm pora talab qilgan.

 

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari 2025-yilning avgust oyida soʻralgan pulning 25 mln soʻmini avans sifatida olgan. Qolgan qismini, yaʼni 40 mln soʻmni esa tuman hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari orqali olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari (Tamagirlik yoʻli bilan, bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//