
Jamiyat
Andijon viloyat hokimi topshirig‘iga bilan Angren shahri hududida sodir bo‘lgan YTHda vafot etganlarning xonadonlaridan xabar olish maqsadida Ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan Jalaquduq tumanidagi 5 nafar ko‘ngilsiz hodisa qurbonlarining oilalaridan xabar olingan. Marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirilib, ma’naviy va moddiy ko‘mak berilgan.
Ma’lumot uchun, bir nechta transport vositalari ishtirokidagi baxtsiz hodisa 7-sentyabr kuni, soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lida yuz bergan.
Hodisa oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. Yana 5 nafar fuqaro turli tan jarohatlari olgan.
Toshkent viloyati IIBBning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q