
Jahon
Tobora qurib borayotgan Orol dengizini toʻldirish uchun Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Koʻksaroy kontrregulyatorining bosh Gidrotexnika inshootini tozalash ishlari boshlandi, deb xabar berdi Zakon.kz. Bu haqda Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilgan.
2025-yil 8-sentyabr kuni berilgan axborotga koʻra, ayni damda obyektni maxsus texnikalar yordamida loy va qumdan tozalash ishlari olib borilmoqda. Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov taʼkidlashicha, bu ishlar suv toshqini davrida erigan suvlarning xavfsiz oʻtishini taʼminlaydi.
“Bahor mavsumida Orol dengizini toʻldirish va Qiziloʻrda viloyatidagi ekin maydonlarini sugʻorish suvi bilan taʼminlash uchun Koʻksaroy kontrregulyatoridan Sirdaryoning quyi oqimiga suv quyila boshlaydi”, deydi vazir.
Vazirlik shuningdek, Koʻksaroy kontrregulyatorining sigʻimi 3 mlrd kubometr ekaniga aniqlik kiritdi. Obyektning asosiy maqsadi – Sirdaryo havzasida suv toshqinlarining oldini olish, Shardara suv omboriga kelib tushadigan erigan suv hajmini tartibga solish, shuningdek, mahalliy ekotizim va qishloq xoʻjaligini stabil suv bilan taʼminlashdan iborat.
1960-yillardan boshlab dengizni asosiy oziqlantiruvchi Amudaryo va Sirdaryo daryolaridagi suv sugʻorish uchun yoʻnaltirilgani hisobiga Orol dengizining sathi keskin kamaya boshlagan. Bugungi kunda Orol koʻlining katta qismi choʻlga aylangan. Dengiz qurishidan avval dunyodagi toʻrtinchi eng katta koʻl boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q