
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Emomali Rahmon hamda Tojikiston xalqini mamlakatning milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan qutladi.
“Tojikiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, Sizning dono rahbarligingiz ostida mamlakatda tub siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, katta bunyodkorlik ishlari bajarildi va hayotning barcha sohalarida yuksak natijalarga erishildi.
Qardosh xalq sifatida, biz Sizning mamlakatingizning jadal rivojlanishidan, uning jahon miqyosidagi yuksak yutuqlaridan va tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzidan behad quvonamiz.
Ishonchim komilki, xalqlarimiz o‘rtasidagi asrlik do‘stlik rishtalari bundan buyon ham mustahkamlanib boradi, an’anaviy qo‘shnichilik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanadi”, deyiladi O‘zbekiston rahbarining tabrigida.
Shavkat Mirziyoyev tabrigi yakunida Emomali Rahmonga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Tojikistonning do‘stona xalqiga esa tinchlik, farovonlik va barqaror taraqqiyot tilagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q