Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashabbusi bilan aholiga qulaylik yaratish, iste’mol mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etish maqsadida poytaxt bozorlarida maxsus savdo yarmarkalari yo‘lga qo‘yilganidan xabaringiz bor.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yarmarkalardagi ayrim rastalarda ko‘rsatilgan narxlardan farqli narxlarda savdo qilish holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Hokimlik xabariga ko‘ra, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida shaffoflikni ta’minlash, narxlarni nazorat qilish va sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida endilikda qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, mazkur rastalarda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlangan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda Mirobod dehqon bozori hamda “Eski Juva” bozori (Chorsu)da kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakunlangan.
“Bu boradagi ishlar davom etmoqda va tez orada poytaxtning barcha yirik bozorlaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q