Jamiyat
O‘zgideromet 12-sentyabrgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatining ayrim joylarida va 12-sentyabr(juma kuni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari +15– +20 daraja, kunduz kunlari +28– +33 daraja atrofida, janubda +35– +38 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
8–10-sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.
Toshkent shahrida bugun kunduzi havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3–6 m/s tezlikda esadi, 8-sentyabrda ba’zi joylarda 8–10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechasi +18– +20 daraja, kunduzi +30– +32 darajada bo‘ladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q