
Jamiyat
Bugungi kunda O‘zbekistonda Reimbursatsiya(xarajatlarni qoplash) dasturi amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur tizim 2020 – 2024-yillar davomida Sirdaryo viloyatida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, endilikda Toshkent shahrida ham tatbiq qilinmoqda.
Hozir dasturga 7 xil surunkali xastalik kiritilgan. Bular:
▪️ gipertoniya;
▪️ yurak-ishemik kasalligi;
▪️ qandli diabetning 2 turi;
▪️ bronxial astma;
▪️ o‘pkaning surunkali obstruktiv xastaligi.
Bunda shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dori vositalari yuqorida sanab o‘tilgan xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarga (tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida) dorixonalarda 27 xil dori-darmonlar bepul beriladi.
Bunda barcha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Xabarga ko‘ra, Reimbursatsiya dasturidan foydalanish imkon qadar soddalashtirilgan bo‘lib, fuqaro, avvalo, oilaviy shifokorga borib uchraydi. Agar unda sal ilgariroq nomlari keltirib o‘tilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasi aniqlanadigan bo‘lsa, shifokor elektron retsept shakllantiradi.
So‘ng bemor telefoniga SMS kod keladi va shu kod Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga ham boradi. Bemor yoki uning yaqinlaridan biri shu SMS kodni dorixona xodimiga ko‘rsatib, retseptdagi dorilarni olishi mumkin bo‘ladi.
SMS yaxshi ishlamaydigan joylardagi bemorlarga esa oilaviy shifokor tomonidan QR-kodli elektron retsept shakllantiriladi va bemorga beriladi.
Bemor yoki uning yaqinlaridan biri QR-kodli elektron retseptni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixona xodimiga taqdim etadi va o‘ziga kerakli dori vositalarini oladi.
Bemor o‘zi olgan dorilarni qabul qilib bo‘lgach, yana shifokor huzuriga keladi. Shifokor uni tekshirib bo‘lgach, yangi elektron retseptni shakllantiradi.
Bu galgi dorilar miqdori, ya’ni dozasi farq qilishi mumkin. Muhimi, ana shu jarayon to bemor darddan to‘liq forig‘ bo‘lib ketgunicha davom etadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur jarayonda dorilarni o‘z vaqtida qabul qilmaydigan bemorlar ham inobatga olingan. Bunda patronaj hamshirasi o‘zining hududida dastur doirasidagi necha bemor borligini yaxshi biladi va tez-tez ularning uyiga borib, nazorat qilib turadi. Kimdir dorini vaqtida qabul qilmayotgan bo‘lsa, hamshira tushuntirish ishlari olib boradi.
Ma’lumot uchun, Reimbursatsiya dasturi 2026-yilning yakuniga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida joriy etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q