
Jamiyat
So‘nggi paytlarda ayrim blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ilgari hal etilgan va o‘z yechimini topgan ba’zi masalalarning qayta muhokamaga olib chiqilayotganini kuzatilmoqda.
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonovning ta’kidlashicha, bu kabi yondashuv jamoatchilikda asossiz chalkashlik va ortiqcha xavotir uyg‘otishi mumkin.
“Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va faol blogerlar! Sizning ovozingiz, xolis fikringiz va yoritayotgan mavzularingiz jamiyatimiz hayotida juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun Sizlardan dolzarb, bugungi kun uchun haqiqatan ham muhim bo‘lgan masalalarni ko‘tarishingizni so‘rab qolamiz”, deydi TIV xodimi.
Burhonov, shuningdek, tizimdagi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan biri har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish ekanini eslatib o‘tar ekan, bu borada mazkur tashkilotlar doimo mas’ulligini va vazifasiga qat’iy sodiqligini urg‘ulagan.
“Biz hammamiz bir maqsad yo‘lida – fuqarolarimiz farovonligi, Vatanimiz sha’ni va obro‘sini ulug‘lash yo‘lida xizmat qilyapmiz. Shunday ekan, har bir so‘zimizda, har bir xabarimizda mas’uliyatni chuqur his etib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bir-birimizga ko‘mak berishimiz zarur”, deydi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q