
Jamiyat
Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning nomini eʼzozlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi maydonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda ustozlar, talabalar hamda maktab oʻquvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Botu Olimov, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi Baxtiyor Hasanov soʻzga chiqishdi.
“Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va ibratli hayotidan oʻrnak olish – har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Bugungi tinch va obod kunlar qadriga yetish, qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish bizning muqaddas burchimizdir”, – dedi O.Mahkamov.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Qatagʻon qurbonlari muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q