
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabga ketayotgan o‘quvchilarni pul to‘lamaganligi uchun avtobusga chiqarmaganligi aks etgan videoxabar tarqaldi.
Holat joriy yilning 3-sentyabr kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay mahallasi Nazarobod qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, Nurobod tumani Saxoba mahallasidan Ziyovuddin shaharchasiga qatnovchi xususiy avtobus egasi maktabga ketayotgan o‘quvchilarni avtobusga mindirmagan.
Mazkur mahalladan 19 nafar o‘quvchi Paxtachi tumanidagi 28-umumta’lim maktabiga, 3-nafar o‘quvchi esa tumandagi 34-umumta’lim maktabiga qatnaydi.
O‘quvchilarni mindirmagan “Oqtosh-Shaxzod trans” MCHJga qarashli davlat raqami 30 E 881HB “Saxoba-Oqtosh” yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobus haydovchisi Musurmon Bobojonov jamiyatning 2025-yil 4-sentyabrdagi №15-sonli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etilgan.
“Oqtosh-Shaxzod trans” MCHJ va Paxtachi tumani hokimligi o‘rtasida maktab o‘quvchilarini maktabga tashish xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolanib, kunning ikkinchi yarmidan boshlab o‘quvchilar uchun bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yilganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Viloyat rahbari ushbu muammoli holatni yoritgan va uning yechimiga hissa qo‘shgan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildirgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q