Saljuqiylar davriga oid “Ikki boshli burgut” O‘zbekistonga qaytarildi

Saqlash
11:52 / 05.09.2025 100 0

O‘zbekistonga tarixiy adolat ramzi bo‘lgan yana bir nodir artefakt qaytarildi. Yaqinda Londondan olib kelingan saljuqiylar davriga oid hukmdorlarga xos ikki boshli burgut timsoli bo‘lgan shohona aso O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasida o‘zining munosib o‘rnini topishi kutilmoqda.

 

Bu buyuk yodgorlik murakkab naqshlari va ayniqsa ikki boshli burgut timsoli bilan ajralib turadi. 

 

Burgut tasviri qadimdan hokimiyat, kuch va davlatchilik g‘oyasining asosiy ramzi sifatida talqin qilingan. Saljuqiylar davrida esa u saltanatning geosiyosiy qudrati, sharq va g‘arbga hukmronligini anglatgan.

 

Ikki boshli burgut nafaqat saljuqiylar, balki usmoniylar va boshqa musulmon davlatlari hukmdor sulolalari timsolida ham uchraydi.

 

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, saljuqiylar davriga tegishli shohona asoning asl vatani — bugungi O‘zbekiston hududi. Sababi bu hudud markaziy qismi bo‘lib, o‘sha davrda ilm-fan, madaniyat va san’at gullab-yashnagan. Asrlar davomida xorijiy kolleksiyalarda saqlangan bu eksponatning yurtimizga qaytishi tarixiy adolat tiklanishi va milliy merosga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//