 
                   
                    Jamiyat
“Aisha home textile” kompaniyasi ta’sischisi Jobirxon Kamoliddinov homiyligida 944 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlanib, 100 o‘rinli faollar va sport zali rekonstruksiya qilindi hamda 150 o‘rinli oshxona qurib berildi.
O‘quvchi quvvati 1 ming 264 o‘rin bo‘lib, ta’mirlash ishlaridan so‘ng viloyat notarial arxivi binosi negizida qo‘shimcha 320 o‘rin hozirlandi hamda 1 ming 584 o‘ringa keltirildi. Ushbu maqsadlarga 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Joriy yilning 20 avgust – tadbirkorlar kunida Prezidentimizga Namangan tadbirkorlari amalga oshirayotgan ishlar, shu jumladan, Jobirxon Kamoliddinovning tashabbusi haqida ma’lumot berilgan hamda davlatimiz rahbari bu kabi xayrli ishlarni qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlagandi.
O‘quv yili boshida tadbirkorga mamlakatimiz rahbarining minnatdorligi yetkazilib, bunyodkorlik ishlari alohida e’tirof etildi. Tantanali marosimda ishtirokchilar zamonaviy ilm maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Maktabga Namangan shahridagi Alpomish, Zarkent va Sardoba mahallaridan 2 ming 125 o‘quvchi boradi. Ulardan 220 nafari ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi va ularga Prezident sovg‘alari taqdim qilindi. Ular uchun tadbirkor tashabbusi bilan bepul tushliklar tashkil etiladi.
.png)
.png)
.png)
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94047
             94047
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q