
Jamiyat
2025-yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida birlamchi bozordagi kvartira narxlari qariyb 14 foizga, Toshkent viloyatida esa 9 foizga pasaygan. Hududlar kesimida narxlarning sezilarli o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan.
Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 2025 yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Birlamchi uy-joy bozorida ayrim hududlarda narxlar oshgan bo‘lsa, ayrim hududlarda sezilarli pasayish kuzatilgan. Xususan, Toshkent shahri (-8,2 foiz) va Toshkent viloyatida (-5,7 foiz) narxlar arzonlashishi davom etgan. Poytaxtda birinchi chorakda ham 6,5 foizlik pasayish qayd etilgandi.
Hisobot davrida eng yuqori narx o‘sishi Jizzax (+8,6 foiz), Xorazm (+5 foiz) va Surxondaryoda (+3,2 foiz) kuzatilgan.
Toshkent shahri va viloyatida kuzatilgan narxlarning qisman pasayishini 2020-2023 yillarda qayd etilgan yuqori o‘sish sur’atlarining tabiiy tuzatilishi sifatida izohlangan. Shu bilan birga, ayrim hududlarda uy-joy narxining o‘sishi davom etyapti. Bunday o‘sish respublikaning yirik markazlariga qaraganda uy-joy narxlari past bo‘lgan hududlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.
“O‘zbekiston uy-joy bozoridagi e’lonlar odatda AQSh dollarida joylashtiriladi. Joriy yilning II choragi yakuniga ko‘ra, milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan I chorak yakuni bilan solishtirganda, 1,7 foizga mustahkamlandi. Bu jarayon, o‘z navbatida, uy-joy narxlarining milliy valyutada biroz arzonlashishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan», deyiladi hisobotda.
Toshkent shahri kesimida olinganda yil boshidan beri barcha tumanlarda narxlarning arzonlashishi kuzatilgan. Eng katta pasayish Sergeli (1-chorakda – 10,5 foiz, ikkinchi chorakda – 4,5 foiz) tumanida qayd etilgan bo‘lsa, Shayxontohur tumanida narxlarning nisbatan barqarorligi saqlanib qolgan.
Uylarning o‘rtacha qiymati jihatdan eng arzon tuman Bektemir (10,72 mln so‘m/m²), eng qimmat tumanlar Mirobod (17,16 mln so‘m/m²), Yakkasaroy (15,68 mln so‘m/m²) va Shayxontohur (16,24 mln so‘m/m²) bo‘lib qolyapti.
Ikkilamchi uy-joy bozorida ham ayrim hududlarda narxlarning oshishi, ayrim hududlarda esa tushishi kuzatilyapti. Bu borada eng katta narx o‘sishi Qoraqalpog‘iston (+9,6 foiz), Xorazm (4,2 foiz), Sirdaryo (3,7 foiz) va Surxondaryo (2,9 foiz) viloyatlarida, eng katta pasayish esa Toshkent viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan.
Ikkinchi chorakda Toshkent shahri tumanlari kesimida ham narxlarning arzonlashishi birinchi chorakka nisbatan tezlashgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q