
Jamiyat
Oʻzbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, rasmiy va norasmiy dilerlar avtomobillari narxlarining tahlilini oʻtkazish, soʻngra ularni maqbullashtirish va tartibga solish boʻyicha takliflar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda 2-sentabr kuni bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev raisligida boʻlib oʻtgan Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishi bayonnomasida aytiladi.
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi Jamshid Xoʻjayev imzolagan yigʻilish bayonini autodeklarant Telegram kanali eʼlon qildi.
Protokolda keltirilishicha, xorijiy va mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari soni 2020-yilda 3 ta boʻlgan, hozirga kelib 21 taga yetgan. Turi maʼqullangan modellar soni esa 15 tadan 101 taga oshgan.
Rasmiylarga koʻra, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Piskent avtopoligonida reglamentda belgilangan 2 ta majburiy koʻrsatkich boʻyicha sinovlarni amalga oshirish amaliyoti orqali rasmiy sotuvlar sonida keskin oʻzgarish boʻlmagan.
Aksincha, 2024-yilga nisbatan joriy yil birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan yengil avtotransport vositalari soni 2693 taga koʻpaygan.
Qayd etilishicha, infratuzilma yetishmovchiligi sabab Piskent avtopoligonida uzun navbatlar (1 oydan 3 oygacha) hosil boʻlgan, bu esa aholining keng eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
JST bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya qarori bilan:
yuridik shaxslarga muomalaga chiqarish uchun transport vositasining turini maʼqullash hujjatining amal qilish muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirildi;
2025-yil 2-sentyabrdan boshlab, shaxsiy ehtiyoj uchun import qilinadigan bir dona avtotransport vositasini “elektromagnit moslashuvchanlik” va “haydovchi hamda yoʻlovchi xonasidagi havoga ajraladigan zaharli moddalar” koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlarni oʻtkazish talabi bekor qilindi.
Shuningdek, yigʻilish qaroriga binoan:
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi muvofiqlikni baholash markazlarini tashkil etishga xususiy sektorni keng jalb etish va akkreditatsiya tizimini takomillashtirish yuzasidan Prezident administratsiyasiga 2025-yil 1-oktyabrga qadar aniq takliflar kiritishi kerak;
Raqobat qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, rasmiy va norasmiy dilerlar oʻrtasida avtotransport vositalarining narxlaridagi tafovutlarni tahlildan oʻtkazib, narxlarni maqbullashtirish va tartibga solish boʻyicha choralar yuzasidan 1 oy muddatda Prezident administratsiyasiga aniq takliflar kiritishi zarur.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q