Lissabondagi taniqli Gloria funikulyori halokatga uchradi. Qariyb 20 kishi halok boʻlgan

Saqlash
16:08 / 04.09.2025 57 0

4-sentyabr kuni Portugaliya poytaxti Lissabonda dunyo sayyohlari orasida mashhur boʻlgan Gloriya funikulyori relsdan chiqib, yuqori tezlikda bino ichiga kirib ketdi. Bu haqda RBK nashri Portugaliyaning Observador gazetasiga tayanib xabar berdi.

 

Oqibatda 17 kishi halok boʻlgan. Qayd etilishicha, ularning 7 nafari erkak, 8 nafari ayol boʻlgan, qolgan ikki nafar qurbonning jinsi aniqlanmagan. Portugaliya hukumati mamlakatda uch kunlik milliy motam eʼlon qildi.

 

“Ayni damda halok boʻlganlarning millatini aniqlashga erishildi. Ulardan toʻrttasi portugaliyalik, ikkitasi nemis, bundan tashqari, Ispaniya fuqarosi, koreyalik, Kabo-Verde fuqarosi, kanadalik, italiyalik, fransuz, shveysariyalik va marokkolik fuqarolar boʻlgan” — deyiladi mahalliy nashrda.

 

Shuningdek, shifoxonalarda 21 nafar 24-65 yoshlar oraligʻidagi yaradorlar bor. Jarohatlanganlar orasida 3 yoshli bolakay ham bor.

 

Gloriya Yevropadagi eng qadimiy funikulyordan sanaladi. U 1885-yilda ochilib, 1915-yilga qadar bugʻli dvigatelda ishlagan, keyin elektrlashtirilgan. Funikulyor marshrutining uzunligi 265 metrni tashkil etadi. U mahalliy diqqatga sazovor obyektlar orasida asosiylaridan sanalib, turistlar orasida mashhurlikka erishgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//