 
                   
                    Jamiyat
Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan Yangi Angren IES tomonidan ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Yangi Angren IES faoliyati davomida hosil boʻlgan ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanayotgani yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan.
“Oʻtkazilgan tekshirish davomida jamiyatdagi mavjud chang-gaz tozalash uskunalarini ishlab chiqarishdan hosil boʻlgan ifloslantiruvchi moddalarni tozalash samaradorligi yetarlicha boʻlmaganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-sonli qaroriga asosan kompensatsiya hisob-kitob qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi”, deyiladi xabarda. Bunda kompensatsiya miqdori qancha boʻlishi maʻlum qilinmadi.
Taʻkidlanishicha, ishlab chiqarishdan hosil boʻlgan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlanishini oldini olish hamda aholi turmushiga salbiy taʻsirini kamaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94047
             94047
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q