Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga o‘zbekistonlik taksi haydovchisini haqoratlagan shaxs bo‘yicha rasmiy nota yubordi.
Vazirlik ma’lumoticha, avgust oyi oxirida tarqalgan vidеo jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab bo‘ldi. Notada videoda aks etgan shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.
“Hurmatli vatandoshlar, sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qat’i nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi. Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki sha’ningiz xorijda buzilsa, darhol o‘sha mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, shuningdеk, O‘zbеkistonning diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, – dеdi vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q