Jamiyat
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlagan choyxona rahbariga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Holat Ekologiya boshqarmasi Yangiyo‘l tuman bo‘limi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida inspektorlar tomonidan hozirda Yangiyo‘l tumanida joylashgan choyxonada chumchuq qushining go‘shtidan kabob qilinayotgan holat aniqlanmadi.
Davlat inspektorlari tomonidan choyxona rahbaridan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan tushuntirish so‘ralganda, videolavhadagi holat ilgari mijozlar sonini ko‘paytish maqsadida olinganini ma’lum qildi.
Hozirda choyxona rahbari chumchuq go‘shtidan kabob tayyorlash holatiga yo‘l qo‘yilmayotganini aytdi hamda inspektorlar tomonidan kelgusida huquqbuzarlik holati takrorlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, choyxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 63-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 4 120 000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q