 
                   
                    Jamiyat
Qozog‘istonning “Tajen” (Qoraqalpog‘istondagi “Dovud ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklov 31-dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlanish postni rekonstruksiya qilish uchun 1-fevraldan uch oyga to‘xtatilgandi. Keyinroq jarayon 1-sentyabrgacha uzaytirildi.
Cheklov jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va ruxsat etilgan og‘irligi 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga taalluqli. Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.
Qozog‘iston Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, muddatning uzaytirilishi mazkur o‘tkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yo‘l qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq.
Qo‘mita jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94047
             94047
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q