 
                   
                    Jamiyat
“.apk” virusli dasturi orqali odamlar pulini o‘marib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirlar davomida virusli dasturlar Telegram messenjeridagi guruhga bog‘lanib, guruhning 11 nafar a’zosi turli davlat fuqarolari ekani, guruhda virusli dastur o‘rnatib olgan fuqarolarning bank karta ma’lumotlari hamda SMS-tasdiqlash kodlari mavjudligi aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida, ushbu guruh a’zolaridan bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Shu bilan birga, ushbu shaxslarning telefon qurilmalari tekshirilganda, 133 nafar bank kartalaridan 2 milliard 838 million 278 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘tkazma qilganliklari hamda jinoiy guruhning har biri o‘g‘irlangan pul mablag‘laridan ulush olib kelgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur jinoiy guruhning respublika hududidagi boshqa jinoiy a’zolarini va jabrlanuvchilar doirasini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94047
             94047
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q