Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etdi

Saqlash
10:39 / 03.09.2025 37 0

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 3-sentyabr kuni Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi. Bu haqda deya prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Xabar qilinishicha, tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Misr va boshqa davlatlar yetakchilari ishtirok etdi.

 

XXR raisi Si Szinpin o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

 

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.

 

Bunday paradlar 1949-yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019-yil 1-oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.

 

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentining Pekin shahridagi tantanali tadbirlarda ishtiroki mamlakatning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgan izchil tashqi siyosatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

 

парад, хитой, шавкат мирзиёев, ғалабанинг 80 йиллиги

 

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//