 
                   
                    Jamiyat
O‘zbekistonda uy-joy xarid qilishda keshbek joriy etilishi mumkin. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda uy-joylarning atigi 10 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan xarid qilinmoqda, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotiladi.
“Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz (soliq) keshbek joriy qilish haqida fikrlar bor, shunda ular qurilish kompaniyasiga murojaat qilib, bitim summasining 5−6 foiz miqdorida keshbek olish uchun hisobvaraq-faktura talab qilishadi. Balki bu vaziyatni o‘zgartirishga yordam berar?”, degan u.
Shu bilan birga, ochiq muloqot chog‘ida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotning hajmi 97 trillion so‘mga baholanmoqda. Yashirilgan soliqlar 1,2 trillion so‘mni, talon-toroj qilingan mablag‘lar esa 203 milliard so‘mni tashkil etgan.
Qurilish ishlari 914 ta obyektda kamaytirib ko‘rsatilgan va o‘z muddatida qurilgan 1,5 mingta obyekt hisobga qo‘yilmagan. 6,3 mingta obyektda esa 1 nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlar mavjud bo‘lib, bunda bir kishiga bir necha milliard so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelmoqda.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109663
             109663
          Jamiyat
 94047
             94047
          Jamiyat
 89828
             89828
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q