Siyosat
2-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga tashrifi doirasida “China National Petroleum Corporation” (CNPC) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Day Xoulyanni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash boʻyicha yuqori texnologik loyihalarni mamlakat ichida va tashqi bozorlarda amalga oshirishga ixtisoslashgan dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biridir. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 200 milliard dollardan ziyod.
CNPC dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biri boʻlib, uning Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritgan investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshgan.
Xitoy kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik portfelini kengaytirish va yerosti tabiiy gaz saqlash inshootlarini qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy metrologik standartlar hamda innovatsion yechimlarni joriy qilish loyihalarini ilgari surish rejalari koʻrib chiqildi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q