Qobuljon Ahmedov OAV uchun kontent tayyorlash markazi direktori etib tayinlandi

Saqlash
13:06 / 02.09.2025 98 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

 

Qobuljon Xoliqovich Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar “MY5” telekanalining bosh direktori boʻlgan, tayinlovga qadar MTRKning “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori lavozimini egallab kelgan. Husan Salixov – taniqli rejissyor, tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan. Jahongir Abdurahmonov tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant lavozimini egallab kelgan, bundan avval “UZREPORT” telekanalida shef-muharrir boʻlgan.

 

Husan Ravshanovich Salixov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga;

 

Jahongir Muhammadali oʻgʻli Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//