Jamiyat
Avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash va yo‘nalishlarni maqbullashtirish maqsadida, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab 15-, 28- va 61-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yo‘nalishli avtobuslar harakatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan:
- 15-sonli avtobus yo‘nalishi
.jpg)
Qo‘yliq 1-mavzesidan Do‘stlik metrosi tomon harakatlanishda endilikda Qo‘yliq ko‘prik osti yo‘lidan ko‘prik yo‘liga qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi orqali (Vodiy avtoturargohigacha bormagan holda) harakatlanadi.
- 28-sonli avtobus yo‘nalishi
.jpg)
Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod mavzesi tomon harakatlanishda Shoximardon, Ohangaron yo‘li, Shoxsanam va Katta Yangiobod ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish Katta Yangiobod ko‘chasida bir tomonlama harakatlanadi.
- 61-sonli avtobus yo‘nalishi
.jpg)
Endilikda ikki tomonlama Izzat ko‘chasi orqali (Beshariq, Aviasozlar va Hosiyat ko‘chalariga kirmagan holda) harakatlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110582
Jamiyat
94408
Jamiyat
90301
Jamiyat
74038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q