Namangan shahar hokimi qamoqqa olindi

Saqlash
11:52 / 02.09.2025 28 0

Namangan shahrida hokimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

 

Qayd etilishicha, Namangan shahar hokimi poyabzal ishlab chiqaruvchi MChJ rahbari bilan oʻzaro til biriktirib, qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqarodan shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylashgan maʼnan eskirgan turar-joy binolari oʻrniga koʻp qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda dastlab MCHJ rahbari ushbu soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, shahar hokimi oʻzining yana bir ishonchli odami boʻlgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MChJ rahbaridan 60 ming AQSh dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

 

Hozirda Namangan shahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, MChJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

Shahar hokimiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//