Siyosat
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi tomonidan kengaytirilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta Oʻzbekiston prezidentiga yoʻllagan tabrik muaktubida maʼlum qilingan.
“Siz bilan 2025-yil 24-oktyabr kuni Bryusselda uchrashishni intizorlik bilan kutmoqdaman. U yerda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash munosabati bilan fikr almashishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlamiz”, deyiladi tabrik maktubida.
Yangi kelishuv 1999-yildan buyon amalda boʻlgan eski shartnoma oʻrnini egallashi kutilmoqda. Ushbu masala yuzasidan muzokaralar 2019-yilda boshlanib, 2022-yilda yakunlangan. Bitim keng qamrovli masalalarni, jumladan, savdo toʻgʻrisidagi qoidalar, texnik tartibga solish, sanitariya choralari va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
112145
Jamiyat
94828
Jamiyat
90884
Jamiyat
75675
Jamiyat
//
Izoh yo‘q